Hindistonda yomg‘ir va toshqin qurbonlari soni deyarli 150 kishiga yetdi

Hindistonda yomg‘ir va toshqin qurbonlari soni deyarli 150 kishiga yetdi

Hindiston janubidagi Kerala, Maxarashtra va Karnataka shtatlarida kuchli yomg‘ir va toshqinlar natijasida kamida 147 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mamlakatning favqulodda vaziyatlar xizmati.

Avvalroq OAV halokat qurbonlari soni 100 ga yaqinligi haqida xabar bergan edi.

Favqulodda vaziyatlar xizmatlarning ma’lumotlariga ko‘ra, yomon ob-havo tufayli Kerala shtati eng ko‘p zarar ko‘rgan — so‘nggi uch kun ichida bu yerda kamida 67 kishi o‘lgan, 160 mingdan ortiq kishi evakuasiya qilingan. Shtatlarning ayrim hududlarida eng yuqori xavf darajasi e’lon qilindi, o‘quv yurtlaridagi mashg‘ulotlar bekor qilindi.

Umuman olganda, ushbu uch shtatda suv toshqini bo‘lgan hududlardan bir necha yuz ming kishi evakuasiya qilingan. Ayni paytda, Hindiston Meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mintaqalarda momaqaldiroq kamida uch kun to‘xtamaydi.

Iyun oyi oxirida musson yomg‘iri Hindistonning janubiy va g‘arbiy hududlariga kirib keldi, bu esa bir qator aholi punktlarining suv bosishiga olib keldi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hozirgi musson so‘nggi 10 yil ichida Hindiston uchun eng xavflisiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!