Hindiston Bosh vaziri saylov kampaniyasi vaqtida islomga qarshi chiqishlarda ayblanmoqda

Hindiston Bosh vaziri saylov kampaniyasi vaqtida islomga qarshi chiqishlarda ayblanmoqda

🗳Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi saylovoldi nutqida mamlakat musulmonlarini «diversantlar» deb atadi va bu ko‘p bosqichli ovoz berishning ikkinchi bosqichi oldidan noroziliklarga sabab bo‘ldi.
📝Mazkur nutqdan so‘ng 17 mingdan ortiq kishi Hindiston saylov komissiyasiga musulmonlarga nafrat uyg‘otgani va komissiya axloq qoidalarini buzgani uchun Modiga nisbatan chora ko‘rishni talab qilgan petisiyaga imzo chekdi.

«Modining so‘zlari 200 milliondan ortiq musulmonlar hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Bayden ma’muriyati Modining qoralovchi ritorikasini va Hindistonda musulmonlarga qarshi keng tarqalgan zo‘ravonlikni qoralashi kerak. Hindistondagi bu holat ayniqsa tashvishga solishi kerak», - deydi professor Irfon Nuruddin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!