"Haydovchilik guvohnomasi" rasmiylashtirib beraman deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar qo‘lga olindi

"Haydovchilik guvohnomasi" rasmiylashtirib beraman deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumanida yashovchi (ayol) J.S. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 7.380.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz shahrida yashovchi 29 yoshli J.F. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, J.F., jabrlanuvchi (ayol) J.S. bilan “Telegram” messenjeri orqali o‘zini "Fazliddin" deb tanishtirib, unga haydovchilik guvohnomasi tayyorlab berishini aytib uni aldab, oldindan 7.380.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, yozishmalarni o‘chirib yuborgan, hamda uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.F.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismiidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!