Texasda Falastinni qo‘llab-quvvatlash namoyishida 40 ga yaqin talaba qo‘lga olindi

Texasda Falastinni qo‘llab-quvvatlash namoyishida 40 ga yaqin talaba qo‘lga olindi

Ostindagi Texas universiteti hududida Falastinni qo‘llab-quvvatlash namoyishi chog‘ida 40 ga yaqin talaba qo‘lga olindi.

Bu haqda CNN aksiya tashkilotchilariga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, polisiya shovqinli granatalar va boshqa kimyoviy snaryadlardan foydalangan.

Tuman sherif idorasi CNN'ga hibsga olinganlarning aniq sonini aytishdan bosh tortdi va hisoblash 30 aprelgacha yakunlanmasligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!