Indoneziyada Ruang vulqoni yana otildi

Indoneziyada Ruang vulqoni yana otildi

Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi provinsiyasidagi xuddi shu nomdagi orolda Ruang vulqoni yana otildi.

Bu haqda Yaponiya bosh meteorologiya idorasiga tayanib, «Report» xabar berdi.

Qayd etilishicha, kul tumanlari 19 kilometr balandlikda atmosferaga tarqalgan.

Aprel oyida Ruang sakkiz marta otildi. Bungacha oroldan 828 nafar aholi evakuasiya qilingan edi. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Vulqon hududidagi xavf darajasi mamlakatda qabul qilingan tasnifga muvofiq maksimal to‘rt darajaga ko‘tarilgan. Indoneziya hatto Manado shahridagi aeroportni ham yopdi, 40 dan ortiq reyslar bekor qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!