Levandovski bu borada La Liga peshqadami

Levandovski bu borada La Liga peshqadami

Robert Levandovskining xet-trigi "Barselona"ga "Valensiya" bilan o‘yinda (4:2) g‘alaba keltirdi.

Tanaffusga Xavi Ernandes shogirdlari 1:2 hisobida mag‘lub bo‘layotgan holda maydonni tark etgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda kamchilikda qolgan “ko‘rshapalaklar” qarshiligini sindira oldi – Levandovski uch bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Opta xabariga ko‘ra, 35 yoshli polyakning gollari "blaugrana"ga joriy La Ligada 17 ochko keltirdi, bu chempionatdagi eng yaxshi ko‘rsatkich.

Reytingda ikkinchi o‘rinni Jud Bellingem ("Real") va Borxa Mayoral ("Xetafe") bo‘lishib turibdi - ular mos ravishda 17 va 15 ta gol urib, o‘z jamoalariga 14 ochko olib kelishdi.

Robert Levandovski ushbu mavsumda La Ligada jami 16 ta gol urdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!