Haydovchilik guvohnomalarini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Haydovchilik guvohnomalarini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “T. O’.” MCHJga qarashli avtomaktab o‘rgatuvchi-ustalari U.SH., B.A. va J.D. fuqaro U.X.ga 1 300 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishlarini aytib, shundan 500 AQSh dollari 1,2 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Zafarobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O.Z.” MCHJga qarashli avtomaktab o‘rgatuvchi-ustasi R.S. fuqaro E.F.ga 1 000 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Xo‘jayli tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.J. fuqaro F.K.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishi evaziga 6 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda esa, fuqaro M.SH. fuqaro S.T.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishi evaziga 550 AQSh dollarini hamda fuqarolar M.D., R.U. fuqaro M.B.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishi evaziga 5 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!