Hasharning ilk kunida 180 ming 687 nafar sirdaryolik ishtirok etdi

Hasharning ilk kunida 180 ming 687 nafar sirdaryolik ishtirok etdi
Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi va muqaddas Qurbon hayiti arafasida tashkil etilgan hasharda Sirdaryo viloyatining ham yoshu keksa fuqarolari faol ishtirok etib, joylarda yirik hajmdagi obodonlashtirish-tozalash ishlarini amalga oshirmoqda.
 
Umumxalq hasharining birinchi kunida viloyatdagi korxona, tashkilot, muassasa va mahallalardan 180 ming 687 nafar sirdaryolik ishtirok etdi. Quvonarlisi, bularning 126 ming 703 nafarini yoshlar tashkil etayotganidir. 
 
Umumxalq hashari kunlari “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limidan olgan dastlabki ma’lumotlarimizga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 440 gektardan ziyod yer maydoni obodonlashtirildi, 382 kilometrdan ortiq ariq, lotok va zovurlar tozalandi, 1 ming 127 tonna maishiy, sanoat va qurilish chiqindilari chiqarib tashlandi, bu ishlarni bajarish uchun 410 dan ziyod texnika vositalari jalb etildi. 
 
Hasharchilar 155 dan ziyod qabriston tozaladi, 76 ming 957 ta mevali va manzarali daraxtlarga shakl berilib, taglari oqlandi. 
 
Viloyat bo‘yicha 201 oilaning 3 ming 127 kvadrat metr hajmdagi uy-joylari hashar yo‘li bilan ta’mirlab, oqlab, suvab berildi. 
 
Bir so‘z bilan aytganda, sirdaryoliklar mustaqillikning 27 yillik bayrami va Qurbon hayitini ko‘tarinki ruh, xush kayfiyat bilan qarshi olishmoqda.
 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!