Har kuni bitta olma yeng. Nega deysizmi?

Har kuni bitta olma yeng. Nega deysizmi?

Olma mevasi 15 % gacha qand, limon kislotasi, temir,  kaliy, mis, V, V2, RR vitamini, A-provitamini va folat kislotasi mavjud ko‘plab beqiyos darmondorilar va mikroelementlar manbai hisoblanadi.

Ammo uning eng  qimmatli jihati tarkibida askorbin kislotasi (Svitamini) va pekin moddasi mavjudligidadir.

Iste’mol qilingan olma hali oshqozon-ichak tizimida turgan damlardayoq pektin moddasi yordamida xolestirinni 10-15 % ga kamaytirishni udda qila oladi.

Bu davo jarayoni qonga so‘rilgach yana davom etadi. Natijada qon tomirlardagi aterosklerotik pilakchalar paydo bo‘lishi keskin kamayadi va yurak-qon tomir hamda boshqa tizimdagi xastaliklarning uchrashiga yo‘l qo‘ymaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!