Habib Nurmagomedov: «Meyvezer bilan kechadigan jangimni odamlar yuz yildan keyin ham eslab yuradi»

Habib Nurmagomedov: «Meyvezer bilan kechadigan jangimni odamlar yuz yildan keyin ham eslab yuradi»

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Floyd Meyvezer bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishga tayyorligini aytdi, ammo u Saul Alvaresga qarshi ringga ko‘tarilishni istamayapti, deb xabar beradi Match-TV .

Kanelo Alvaresni misol qilib oladigan bo‘lsak, unga qarshi kurashlarsiz, toza boks qoidalari bo‘yicha jang qilish men uchun oson kechmaydi. Bu mutlaqo boshqa sport. O‘zimning haqiqiy imkoniyatlarimni bilaman.

Floyd Meyvezerga keladigan bo‘lsak, u bilan jang qilsa bo‘ladi. Chunki u 42 yoshda, biroz qari. Bu butun umrga, asrga tatigulik jang bo‘ladi. 100 yildan keyin ham UFC chempioni Habib Nurmagomedov boks bo‘yicha jahon chempioni Floyd Meyvezerni mag‘lub etganini odamlar eslashadi.

Bu yerda tavakkal qilsa bo‘ladi. Faqatgina bitta jang, faqatgina Meyvezer bilan. Mazkur jangni bu yil o‘tkazishni o‘ylamayapman. 2019 yil UFC da jang qilishni rejalashtirmoqdaman , deydi Habib Nurmagomedov.

Avvalroq Rossiya boks federasiyasi bosh kotibi Umar Kremlev Habib Floyd jangini joriy yilning yozida Lujniki stadionida o‘tkazishga tayyor ekanligi haqida ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!