Habib amerikalik teleboshlovchini keskin javob bilan boshqa mavzuga o‘tishga majbur qildi

Habib amerikalik teleboshlovchini keskin javob bilan boshqa mavzuga o‘tishga majbur qildi

Rossiyalik "UFC"ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov Amerikaning ESPN telekanali bilan bo‘lgan onlayn intervyu davomida keskin javob ila boshlovchini boshqa mavzuga o‘tishga majbur qildi

Bu haqda "sputniknews-uz.com" xabar berdi.

Teleboshlovchining Konor Makgregor bilan yangi jang borasida birinchi marotaba bergan savoliga Habib ushbu jang unga qiziq emasligini ma’lum qilgan.

"Getji - kuchli jangchi, u menga yangi motivasiya, yaxshi energiya beradi. Konor bilan jang esa  - men uchun qiziq emas. Men uni allaqachon yengganman. U bilan yana jang qilish Nima uchun kerak?", - degan Habib. 

Teleboshlovchi go‘yoki buni tushunmagandek, ko‘pchillik ushbu jangni ko‘rishni istaydi, siz esa bundan voz kechmoqdasiz, sabab nimada, degan savoliga Habib keskin javob qaytargan. 

"Hozir men bu "narsa" haqida hatto gapirishni ham istamayman", degan  chempion. 

Shundan so‘ng telekanal boshlovchisi boshqa mavzularga o‘tib intervyuni davom ettirdi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!