Guliston shahrida tadbirkorning 90 mln so‘mini qo‘lgan kiritgan ETK boshlig‘i ushlandi

Guliston shahrida tadbirkorning 90 mln so‘mini qo‘lgan kiritgan ETK boshlig‘i ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Guliston shahar ETK boshlig‘i D.N. shahar ETK muhandisi vazifasida ishlagan davrida “G.S.K.” MCHJning elektr ta’minotidan 202,5 mln so‘m qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga MCHJ nazoratchisi A.G.dan 90 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullar hisobidan 3 mln so‘mni fuqaro U.M. orqali qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!