Gresiyada koronavirusga chalingan sayyohlar uchun mehmonxonalar ochildi

Gresiyada koronavirusga chalingan sayyohlar uchun mehmonxonalar ochildi

Gresiyada chet elliklar uchun karantinga ega mehmonxonalar ish boshladi.

Bu haqda mamlakat hukumatining rasmiy vakili Stelios Petsas ma’lum qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar tibbiy yordam ko‘rsatiladigan ushbu turdagi mehmonxonalarni, asosan, koronavirusning alomatsiz shakliga chalingan, ammo kasalxonalarda bo‘lgan chet elliklar uchun tashkil etishgan bo‘lib, bugundan jiddiy tibbiy yordamga muhtoj bemorlar uchun o‘rinlarni bo‘shatish uchun sayyoh bemorlarni mehmonxonalarga ko‘chirish boshlangan.

Rasmiy vakilning ta’kidlashicha, Gresiyadagi COVID-19 holati shu kabi aholisi bo‘lgan boshqa Yevropa mamlakatlariga nisbatan yaxshiroq ekanligi tashvishlanishni to‘xtatish uchun asos bo‘la olmaydi.

Zero, mamlakat bo‘ylab so‘nggi paytlarda koronavirus bilan kasallanganlar hamda sun’iy nafas oldirish qurilmasiga ulanish ehtiyoji borlar soni sezilarli darajada oshgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gresiyada kuniga o‘rtacha 300 ta yangi koronavirus holati qayd etilayotgan bo‘lib, 68 bemor sun’iy nafas oldirish qurilmasiga ulangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!