Google ham Xitoydan «supra-o‘qlovini yig‘ishtirish»ga tushdi

Google ham Xitoydan «supra-o‘qlovini yig‘ishtirish»ga tushdi

Alphabet xoldingi bir necha kompaniyalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, Google Inc ham shular qatoriga kiradi. AQSh va Xitoy orasidagi «savdo jangi» kupertinolik gigant kabi, ushbu tashkilot biznesiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lib turibdi.

 

Alphabet xoldingi o‘zining ayrim ishlab chiqarish kuchlarini Tayvanga ko‘chira boshladi. Bunga sabab – Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga AQSh bozorida qo‘shimcha boj joriy etilayotganidir.

Ayni damda Alphabet ona platalar ishlab chiqarilishini Xitoydan olib chiqib, qo‘shni Tayvan va Malayziyaga ko‘chirmoqda. Mazkur server platalari Google faoliyati uchun o‘ta muhim – ular «bulutli» servislarning ishlashini ta’minlab beradi.

Shuningdek, «aqlli uy» uchun mahsulotlar taqdim etuvchi Nest kompaniyasi ham Xitoydagi ishlab chiqarishini qisqartirmoqda. AQSh bozori uchun mahsulotlar yetkazib beruvchi boshqa korporasiyalar ham birin-ketin shunday yo‘l tutishlari mumkin.

Beixtiyor savol tug‘iladi: Trampning Xitoyga qarshi sanksiyalaridan kimlar ko‘proq jabr ko‘radi o‘zi?

Manba: terabayt. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!