Germaniya TIV: «Eronning yakkalab qo‘yilishi Yaqin Sharqda taloto‘pni keltirib chiqaradi»

Germaniya TIV: «Eronning yakkalab qo‘yilishi Yaqin Sharqda taloto‘pni keltirib chiqaradi»

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas “Passauer noye presse” gazetasiga bergan intervyusida AQShning Eronga nisbatan sanksiyalarni qayta joriy etishini xato deb atab, bu qaror mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishi mumkinligini ta’kidladi.

“Eronda biz Iroq va Liviyada ko‘rgan alg‘ov-dalg‘ovlar yuz bersa, shundoq ham notinch mintaqa yanada beqarorlashadi”, – dedi vazir.

U Eronning jo‘g‘rofiy jihatdan Yevropaga yaqinligini nazarda tutgan holda shunday dedi:

“Tuzum almashishiga umid qilgan har kim bu bizga kattaroq muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini unutmasligi lozim. Eronning yakkalab qo‘yilishi radikal va fundamentlar kuchlarning kuchayishiga sabab bo‘lish ehtimoli bor”.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!