Germaniya Nigerda qoilish niyatida

Germaniya Nigerda qoilish niyatida

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorus Yevropaning Nigerdagi mavjudligini saqlab qolishi kerak, deb hisoblaydi.

Bu haqda vazir «Frankfurter Allgemeine Zeitung» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya mintaqada faol qolish niyatida:

«Bizning nuqtai nazarimizdan Yevropaning Nigerda ishtirok etishi muhim. Biz mintaqada faol bo‘lishni davom ettirmoqchimiz, birinchi navbatda, bu hududni yanada beqarorlashtirishga hissa qo‘shayotgan ruslar yoki boshqalar ixtiyorida qolmasligini ta’minlash. Shuning uchun u yerda bo‘lish biz uchun muhim».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!