Germaniya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

Germaniya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Germaniyaning mamlakatimizdagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tilo Klinnerni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Germaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tilo Klinner janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – Janob Elchining ushbu lavozimdagi faoliyati davomida O‘zbekiston-Germaniya hamkorlik aloqalarini boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz va unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Tilo Klinner 2021 yildan buyon Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. U 2018 yildan 2021 yilgacha Qozog‘istondagi elchi sifatida ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!