Fransiyada Makronni Gitlerga aylantirishdi

Fransiyada Makronni Gitlerga aylantirishdi

Fransiyaning Tulon shahri ko‘chalarida katta reklama taxtasi namoyish etildi, unda Respublika prezidenti Emmanuel Makron Uchinchi Reyxning diktatori Adolf Gitler sifatida tasvirlangan.

Bunga Fransiyadagi koronavirusga qarshi qattiq rejim sabab bo‘lgan.

Afishada Fransiya rahbariga nasistlar armiyasining harbiy formasi kiydirilgan. Rasmning o‘ng tomonida, Uchinchi Reyx bayrog‘i fonida “Yuboring. Vaksinasiya qiling" deb yozilgan.

Tulon prokuraturasi reklama taxtasi namoyish etilishi yuzasidan ish ochdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!