Fotofakt: Nukus xalqaro aeroportida namozxona ochildi

Fotofakt: Nukus xalqaro aeroportida namozxona ochildi

Nukus xalqaro aeroportida musulmonlar uchun namozxona ochildi. O‘zbekiston Qur’on musubaqasi mutlaq g‘olibi, Toshkent Islom instituti talabasi, asli qoraqalpog‘istonlik bo‘lgan Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov o‘zining feysbukdagi sahifasida namozxona ochilganligi to‘g‘risidagi rasmni joyladi.

Bu yurtimizga tashrif buyuruvchi musulmon sayyohlar va fuqarolarimizga qo‘shimcha qulaylik tug‘diradi.

Qayd etish kerak, 2017 yilning noyabr oyida Toshkent xalqaro aeroportida ham namozxona ochilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakatimizda ziyorat turizmi assosiasiyasi tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakatlar boshlangani, bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi, «O‘zbekturizm» tashkiloti bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilgan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!