Filippinda karantin tartibini buzgan erkak otib o‘ldirildi

Filippinda karantin tartibini buzgan erkak otib o‘ldirildi

Filippin polisiyasi karantin qoidalarini buzgan va mahalliy rahbariyatning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan fuqaroni otib o‘ldirdi.

Xabarga ko‘ra, 63 yoshli erkak niqob taqmaganligi uchun otib o‘ldirilgan. Bu mamlakat prezidenti Duterte karantin qoidalarini buzganlik uchun otib o‘ldirish haqidagi qarorini qabul qilgandan keyingi ilk holatdir.

Mahalliy polisiya tarqatgan xabarga ko‘ra, Agusan-del-Norte provinsiyasining Nasipit shahri yaqinidagi qishloqda yashab kelgan bu shaxs spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan va mahalliy rahbariyat talabiga bo‘ysunmay ularga pichoq ham o‘qtalgan.

“Unga qishloq vrachlik punkti xodimlari niqob taqishi haqida ogohlantirgan. Ammo u g‘azablanib, atrofdagilarni haqoratlagan va pichoq bilan tan jarohati yetkazishga uringan”, - deyiladi mahalliy polisiya xabarida.

Mamlakat prezidenti Roberto Duterte o‘tgan haftada karantin qoidalarini buzgan va bu masalada polisiyaga buysunmagan har qanday fuqaroni otib o‘ldirishga buyruq bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Filippinda koronavirus bilan bog‘liq 3246 ta holat aniqlangan. Ulardan 152 nafari vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!