Filippin polisiyachilari masofa saqlanishini tayoq yordamida nazorat qiladi

Filippin polisiyachilari masofa saqlanishini tayoq yordamida nazorat qiladi

Filippinning Manila shahri polisiyachilari rattan (tropiklarda o‘suvchi qamish) tayoqlari yordamida masofa saqlamaganlarni nazorat qilishga qaror qildi. Bu haqda Reuters yozadi.

«Polisiya va askarlar masofa saqlashni potrullashda yordam beradi.  Ular buni bir metr uzunlikka ega rattan tayoqchalari yordamida qilishadi», dedi COVID-19ga qarshi kurashning tezkor guruhi rahbari Sezar Binag. Uning ta’kidlashicha, bunday dubinkalar bilan qaysarlik qilgan yoki bo‘yin tovlagan tartibbuzarlarni savalashadi.

General-leytenantning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rasmiylari gavjum joylarda hududni muhofaza qilish organlari xodimlari va askarlar sonini ko‘paytirishga qaror qilishgan. Xususan, gap bozorlar, savdo markazlari, cherkovlar va portlar haqida ketmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, mart oyidan beri rasmiylar tomonidan pandemiya bilan bog‘liq 700 mingdan ortiq cheklovlarni buzish holatlari qayd etilgan.

Filippinda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganlar 4 million 360 mingdan ortib ketdi, 8,5 mingdan ortiq kasal vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!