Favqulodda vaziyatlar vazirligi askarlarining paxta terimiga jalb qilinganligi rostmi?

Favqulodda vaziyatlar vazirligi askarlarining paxta terimiga jalb qilinganligi rostmi?

Kuni kecha internet resurslaridagi manbalarning birida Jizzax viloyati Sharof Rashidov  tumanida  Favqulodda vaziyatlar vazirligi askarlarining paxta terimiga jalb qilinganligi to‘g‘risida asossiz xabar tarqaldi. 

Xabaringiz bor, ayni mavzuda vazirlik tomonidan bir necha bor bu kabi feyk xabarlarga e’tibor qaratmaslikni so‘rab, rasmiy xabarlar berilgan edi. 

Ayni vaqtda FVV tizimidagi harbiy xizmatchi va xizmatchilar o‘z xizmat vazifalarini bajarishmoqda.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolarimizdan tarqalayotgan asossiz, noto‘g‘ri xabarlarga e’tibor qaratmaslikni so‘rab qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!