Farg‘onada profilaktika inspektori jazolandi

Farg‘onada profilaktika inspektori jazolandi

Farg‘onada 400 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushgan ichki ishlar xodimiga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Ichki ishlar xodimlarini yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashdagi xizmati beqiyos. Afsuski, ular orasida ham o‘z burchini unutganlar ham uchrab turibdi. Elyor Yuldashev Farg‘ona shahar IIB 2-sonli ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Afsuski, nafs qutg‘usi uni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirdi. U xizmat olib borayotgan hududida yashovchi fuqarolarni ma’muriy tartibda qamoqqa olish bilan qo‘rqitib, ta’magirlik qilgan. Shu bilan birga aholidan tushayotgan ariza va murojaatlarni turli bahonalar bilan rad qilib, o‘z vaqtida qayd etmasdan, ular bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmagan.

2018 yilning 10 may kuni fuqaro G.O ning arizasi asosida iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona shahar bo‘limi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda arizachidan 400 ming so‘m pulni pora tariqasida olayotganda qo‘lga olindi. Olib borilgan tergov surishtiruv jarayonlarida E.Yuldashev arizachidan joriy yilning 2 may kuni ham 200 AQSh dollari pora olganligi, u jinoiy harakatlarini mahalla posboni orqali amalga oshirilgani aniqlandi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi E.Yuldashevning qilmishiga yarasha jazo tayinladi.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!