Farg‘onada jinoiy guruh qo‘lga olindi, ayol kishi ham bor

Farg‘onada jinoiy guruh qo‘lga olindi, ayol kishi ham bor

Farg‘ona. 2020 yilning 23 iyun kuni soat 23:45 da 22 yoshli S.A., boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida “Qo‘qon-Buvayda” avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanib, Uchko‘prik tumani Kaltatoy qishlog‘i hududiga yetib kelgan vaqtida, noma’lum shaxslar kul rangli “Nexia-1” rusumli avtomashina bilan to‘xtatib, avtomashinasi salonida bo‘lgan 36.700.000 so‘m pullarini hamda bahosi 1.600.000 so‘mlik “Redmi-7” rusumli uyali aloqa vositasini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

 Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida mazkur jinoyatni 32 yoshli M.A., 24 yoshli  J.J., 21 yoshli J.YU. va M.U. (ayol), lar sodir etganliklari aniqlanib, J.J., dan “Redmi-7” rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.              

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov depaartamentiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!