Evropa Ittifoqi Iroqdagi ziddiyatli tomonlarni vazminlikka chaqiradi

Evropa Ittifoqi Iroqdagi ziddiyatli tomonlarni vazminlikka chaqiradi

Evropa tashqi harakatlar xizmati (EBC) rasmiy vakili YEIning Bag‘dodda davom etayotgan norozilik namoyishlari va ularning kuchayishi mumkinligidan xavotirini bildirdi.

"Biz yana zo‘ravonliklarning oldini olish uchun barcha tomonlarni vazminlik ko‘rsatishga chaqiramiz. Siyosiy kuchlar konstitusiyaviy doirada konstitusiyaviy siyosiy muloqot orqali muammolarni hal qilishi kerak", - dedi EBC vakili yakshanba kuni Bryusselda e’lon qilingan kommunikeda.

Hujjatda ta’kidlanishicha, “tinch namoyish o‘tkazish huquqi demokratiya uchun muhim bo‘lsa-da, qonunlar va davlat institutlari hurmat qilinishi kerak”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!