Evropa chempionati to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlar soni ikkitaga yetdi

Evropa chempionati to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlar soni ikkitaga yetdi

Jamol Musiala Yevro-2024 musobaqasidagi uchinchi golini urdi.

Germaniyalik yarim himoyachi Yevropa chempionati 1/8 finalida Daniya bilan o‘yinda (2:0) gol urdi.

Musiala turnir to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni Jorj Mikautadze bilan bo‘lishib turibdi - ikkalasida ham uchtadan gol bor.

Jamolning barcha gollari maydondan kiritildi, gruziyalik futbolchi esa ikkita golni penaltidan kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!