Estoniyada COVID-19 bemorlari uchun karantin talablari 2020 yilning oxirigacha uzaytirildi

Estoniyada COVID-19 bemorlari uchun karantin talablari 2020 yilning oxirigacha uzaytirildi

Estoniya hukumati COVID-19 bilan kasallanganlar va ular bilan muloqotda bo‘lganlar uchun karantin talablarini 2020 yilning 31 dekabrigacha uzaytirish haqida qaror qabul qildi.

Qarorga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallangan bemorlar tashxis qo‘yilganidan boshlab tuzalgunigacha doimiy yashash joyidan chiqishi mumkin emas. Tibbiyot yoki polisiya xodimining ko‘rsatmasiga asosan tibbiy maqsadlar yoki inson hayotiga xavf soladigan favqulodda vaziyatlarda istisnoga yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Mehmonxonalar yoki mamlakatga kelgan xorijliklar uchun mehmon uylari ham doimiy yashash joyi hisoblanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Estoniyada pandemiya boshidan buyon koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 3315 ta holat qayd etilgan, 64 nafar bemor vafot etgan, 2564 kishi kasallikdan tuzalgan.

Avvalroq Armanistonda koronavirus sababli 2021 yilning 11 yanvarigacha karantin e’lon qilingandi.


 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!