Erondagi prezidentlik saylovida Masud Pezeshkian yetakchilik qilmoqda

Erondagi prezidentlik saylovida Masud Pezeshkian yetakchilik qilmoqda

Erondagi saylovoldi so‘rovida islohotchi prezidentlikka nomzod Masud Pezeshkian 33,1 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda, uchinchi o‘rinda Said Jaliliy (28,8 foiz) va Muhammad Bag‘ir G‘olibaf (19,1 foiz) uchinchi o‘rinda.

Tegishli so‘rov ISPA agentligi tomonidan 26 iyun kuni o‘tkazildi.

So‘rov Eronning 31 viloyatida o‘tkazildi. Unda 18 yoshdan oshgan 3589 nafar fuqaro ishtirok etdi.

Respondentlarning 33,1 foizi saylovlarda yagona islohotchi nomzod Pezeshkianga, 28,8 foizi Milliy xavfsizlik oliy kengashining sobiq bosh kotibi Jaliliga ovoz berishini aytgan.

Eron parlamenti spikeri G‘olibafni faqat 19,1 foiz qo‘llab-quvvatlagan.

«Konservativlar qanoti birligini mustahkamlash uchun» o‘z nomzodini qaytarib olgan Amir Husayn G‘ozizoda Hoshimiyni respondentlarning 2,8 foizi, Ali Rizo Zakoniy – 2,1 foizi va Mustafo Pourmuhammadiy – 1,4 foizi qo‘llab-quvvatlagan.

Ishtirokchilarning 10,5 foizi «bir qarorga kelmaganini», 1,7 foizi saylov byulletenlarini bo‘sh qoldirishini, 0,5 foizi esa ovoz beradigan nomzod nomini oshkor qilishni istamasligini aytdi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 46 foizi, albatta, saylovga borishini, 7,9 foizi, ehtimol, ishtirok etishini, 12,2 foizi esa bu masalada hali bir qarorga kelmaganini aytgan.

Bundan tashqari, respondentlarning 5,1 foizi saylovda qatnashish ehtimoli pastligini aytgan, 28,8 foizi esa umuman ovoz berish niyatida emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!