5 oyda 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan

5 oyda 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 420,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

✅ Bu ko‘rsatgich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,4 % ga yoki 68,3 ming tonnaga ko‘paygan.

✅ Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (32,7 %), Pokiston (19,7 %), Qozog‘iston (15,3 %) va Xitoy (7,8 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

✅ 2024 yilning yanvar-may oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,9 % ini tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!