Shahram G‘iyosov navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

Shahram G‘iyosov navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

Yarim o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik professional bokschi, WBA va WBO reytinglarida birinchi o‘rinni egallab turgan Shahram G‘iyosov keyingi jangi tafsilotlarini aytdi.

U 3 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan prof-boks oqshomida ringga chiqadi. Bu haqda Shahram o‘zining Instagram sahifasi orqali xabar berdi.

"Tayyorgarliklar yuqori darajada. 3 avgust kuni jangni ko‘rasizlar In Sha Alloh. Isroil va Kroufordning kardida. Yaqin kunlarda raqibim kim bo‘lishini aytaman", dedi G‘iyosov.

Avvalroq, Shahramning Kaliforniyada (AQSh) super yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov bilan mashg‘ulot olib borayotgani haqida xabar bergan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!