Laylo Sobirova Iordaniyada kumush medalli bo‘ldi

Laylo Sobirova Iordaniyada kumush medalli bo‘ldi

Iordaniyaning Amman shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U23 Osiyo chempionatining ortda qolgan ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Laylo Sobirova -59 kilogramm vaznda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Aylana tizimida o‘tgan bellashuvlar davomida hamyurtimiz qirg‘izistonlik Sezim Jumanazarova, hindistonlik Pushpa Yadav, qozog‘istonlik Guldana Bekesh bilan bellashdi.

O‘tkazilgan kurashlarda eng ko‘p ochko jamg‘argan hindistonlik Pushpa Yadav oltin, Laylo Sobirova kumush, qozog‘istonlik Guldana Bekesh bronza medaliga musharraf bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, U23 Osiyo chempionatining yunon-rum kurashi bellashuvlarida o‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!