Bu hafta men O‘zbekistonga tashrif buyurdim va undan juda zavq oldim - Durov

Bu hafta men O‘zbekistonga tashrif buyurdim va undan juda zavq oldim - Durov

Telegram asoschisi Pavel Durov O‘zbekistonga uyushtirgan safari to‘g‘risida post qoldirdi.

«O‘zbekiston Telegramni yaxshi ko‘radi: mamlakatning 37 million aholisining 70 foizdan ortig‘i Telegram’da va ularning butun iqtisodiyoti bizning platformamizda boshqariladi (mamlakatdagi har bir biznesda Telegram boti yoki kanali mavjud). Biz bu mashhurlikdan faxrlanamiz va O‘zbekistonni sevamiz.

O‘zbekistonga safarim chog‘ida tez rivojlanayotgan Toshkentning zamonaviy infratuzilmasi, Sharqiy O‘zbekistonning tog‘li landshaftlari, Buxoro va Samarqandning boy tarixi meni hayratda qoldirdi.

Men juda ko‘p yosh va iqtidorli, qalbi yaxshi insonlarni uchratdim. Men samimiy qabul uchun minnatdorman va bu yil quyoshli Toshkentda ko‘proq qolishga umid qilaman», deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!