Livandagi urush qo‘rquvi Qo‘shma Shtatlarni Qatardan yordam so‘rashga majbur qildi

Livandagi urush qo‘rquvi Qo‘shma Shtatlarni Qatardan yordam so‘rashga majbur qildi

Qo‘shma Shtatlar Isroil va eronparast shia terrorchi guruhi «Hizbulloh» o‘rtasidagi janglarning Livanda keng ko‘lamli urushga aylanib ketishining oldini olishga harakat qilmoqda, Amerika rasmiylari mojaroga chek qo‘yish bo‘yicha kelishuv tuzish ustida ishlamoqda, deb yozadi The Washington Post.

Gazetaning yozishicha, Jo Bayden ma’muriyati rasmiylari Isroil va HAMAS terrorchilik guruhi o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilgan Qatardan Isroil va Livan o‘rtasidagi chegarani hal qilishga yordam berishni so‘ragan.

Hizbulloh 2023 yil oktabr oyida G‘azo sektorida Isroil va XAMAS o‘rtasida urush boshlanganidan beri Isroil shimolidagi hududlarga muntazam zarba berib keladi. Guruh vakilining WPga aytishicha, Isroil va XAMAS o‘rtasida vaqtinchalik sulh tuzilsa, Hizbulloh ham o‘z janglarini to‘xtatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!