Orban Yevropa inqirozini kim yengishi mumkin ekanligini aytdi

Orban Yevropa inqirozini kim yengishi mumkin ekanligini aytdi

Evropani o‘zi tushib qolgan inqirozdan faqat o‘ng qanot siyosatchilar olib chiqishlari mumkin.

Bu fikrni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “Magyar Nemzet” gazetasida chop etilgan maqolasida bildirgan.

Matnda Orban ochiqchasiga xristian sivilizasiyasi yo‘qolib borayotganini ta’kidlagan. Yevropa Ittifoqining iqtisodiy salmog‘i va Yevropa davlatlarining suvereniteti so‘nggi 30 yil ichida sezilarli darajada kamaydi. Shuningdek, qit’ada doimiy terror tahdidi mavjud.

Orban mavjud vaziyat uchun javobgarlikni milliy manfaatlarni himoya qilishni unutgan "Bryussel byurokratlari" zimmasiga yukladi. O‘ng qanot partiyalar vaziyatni to‘g‘irlashi mumkin, deb ta’kidladi Orban.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!