Rossiyada o‘lim jazosini tiklash taklif qilindi

Rossiyada o‘lim jazosini tiklash taklif qilindi

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Rossiyada o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriyni bekor qilish taklifi bilan chiqdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun konstitusiyani o‘zgartirish va referendum o‘tkazishning hojati yo‘q — prezident Vladimir Putinning farmoni yetarli bo‘ladi. Siyosatchining fikricha, Rossiyada og‘ir jinoyatlar soni ortib borayotganini hisobga olib, o‘lim jazosiga moratoriyni bekor qilish kerak. U mazkur qaror birinchi navbatda, iqtisodiy sabablarga ko‘ra amalga oshirilishi kerakligini, chunki davlat mahbuslarni qamoqxonalarda saqlash uchun katta mablag‘ sarflayotganini ta’kidlagan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bir mahkumni saqlash yiliga 30 ming rublga (taxminan 350 dollar) tushadi. U umrbod qamoqda o‘tirganlarning har birini hisoblaganda katta byudjet bo‘lishini qo‘shimcha qilgan. Bu xavfsizlik, koloniyalarning katta sonini saqlash va mahbuslarni davolash hamda oziq-ovqat bilan ta’minlashni o‘z ichiga olishini aytgan. Bastrikin, shuningdek, o‘lim jazosini qaytarish haqidagi taklifini insonparvarlikka intilish bilan izohlagan.

Menimcha, 70, 80, 100 kishini o‘ldirgan manyak o‘lim jazosiga hukm qilinsa, bu juda insoniy harakat bo‘lar edi, — deya u 145 kishi qurbon bo‘lgan Crocus City Hall’dagi teraktni misol qilgan.

Rossiyada o‘lim jazosi 1997 yildan beri qo‘llanmaydi. 1999 yilda Konstitusiyaviy sud o‘lim jazosini qo‘llashga moratoriy kiritgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!