Endilikda dorilar farmakologik nazoratdan o‘tkaziladi

Endilikda dorilar farmakologik nazoratdan o‘tkaziladi

Dorilar bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlashga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi.

🔰Qonunchilikka ko‘ra:

🔹 dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizasiya qiluvchi tashkilotlar aholini sifati, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan tashkilot sifatida e’tirof etiladi hamda ularga nisbatan davlat nazoratini amalga oshirishning alohida qoidalari belgilanadi;

🔹dori vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan, xalqaro standartlar talablari asosida farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi;

🔹dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizasiya qiluvchi tashkilotlarda ularga berilgan lisenziya talablariga rioya etilishini bir yilda ko‘pi bilan bir marotaba vakolatli organni xabardor etish orqali nazorat qilish tartibi joriy etiladi;

🔹dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun ishlab chiqilgan kontent Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan xulosa asosida efirga uzatiladi;

🔹yangi tashkil etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanadigan bojxona omborlari va erkin omborlar majburiy ravishda “Zarur saqlash amaliyoti – GSP” talablariga muvofiq tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!