AQSh vise-prezidenti Baydenning Tramp bilan debati yaxshi o‘tmaganini tan oldi

AQSh vise-prezidenti Baydenning Tramp bilan debati yaxshi o‘tmaganini tan oldi

Amerika Qo‘shma Shtatlari vise-prezidenti Kamala Xarris prezident Jo Baydenning Donald Tramp bilan debatdagi chiqishi yaxshi o‘tmaganini tan oldi.

Uning so‘zlaridan Oq uy matbuot xizmati iqtibos keltirmoqda.

Shu bilan birga, vise-prezident AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Demokratik partiya vakilining g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi.

"To‘liq ishonch bilan aytamanki, biz saylovda g‘alaba qozonamiz. Tramp demokratiyaga tahdid, shuning uchun noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlar uchun ulush har qachongidan ham yuqori. Iyun oyidagi bir kun tufayli hech narsa o‘zgarmadi", - dedi Xarris.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!