Eron TIV rahbari Sulaymoniyning o‘limidan keyin AQSh bilan urush boshlash ehtimoli bo‘lganligi haqida gapirdi

Eron TIV rahbari Sulaymoniyning o‘limidan keyin AQSh bilan urush boshlash ehtimoli bo‘lganligi haqida gapirdi

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganidan so‘ng, Eron AQSh bilan urush boshlashga juda yaqin turganini ma’lum qildi, deb xabar beradi NBC.

Zarifning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qotillik AQShning mintaqadagi harakatlari «yakunlanishining boshlanishi»ga sabab bo‘lgan. «Biz urush boshlashga juda yaqin turgandik, shu sababli Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi tajovuzkorlik akti bilan chiqdi», — deydi vazir.

Avvalroq AQSh senati Trampning Eronga qarshi harbiy harakatlar olib borishi bo‘yicha vakolatlarini cheklovchi rezolyusiyani ma’qullagan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik AQSh tomonidan Eronning eng nufuzli generali Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgach kuchaydi. Bunga javoban Eron 8 yanvar kuni AQShning Iroqda joylashgan ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalarini berdi. Keyinroq Eron tomonidan AQShning Iroqdagi bazasiga berilgan raketa zarbalari oqibatida 100 dan ortiq amerikalik jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!