Eron ham yurtimiz mezbonligidagi JCH-2024'ga yo‘llanma oldi

Eron ham yurtimiz mezbonligidagi JCH-2024'ga yo‘llanma oldi

Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak finalida Eron va Qirg‘iziston terma jamoalari 24 aprel, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuv Eronning 6:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa Eron yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 2-jamoaga aylandi.

Avvalroq Tojikiston Afg‘onistonni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, forslar ketma-ket 9-marta jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Qayd etib o‘tish joiz, Eron O‘zbekiston—Vetnam juftligi g‘olibi bilan yarim finalda to‘qnash keladi.

O‘zbekistonning Vetnamga qarshi o‘yini bugun 19:00 da start oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!