Erdo‘g‘an: Turkiya shu hafta ichida Suriya kuchlarini ortga chekintiradi

Erdo‘g‘an: Turkiya shu hafta ichida Suriya kuchlarini ortga chekintiradi

Turkiya fevral oyining oxiriga qadar Suriya hukumat kuchlarini Idlib viloyatidagi turk harbiy kuzatuv punktlaridan olib chiqishni rejalashtirmoqda, dedi Prezident Tayyib Erdo‘g‘an chorshanba kuni.

Erdo‘g‘an Idlibda havo hududidan foydalanish masalasi yaqin orada hal qilinishiga xam umid bildirdi.

Ayni paytda Rossiya mintaqaning havo hududini nazorat qilmoqda va Suriya hukumat kuchlarining hujumini qo‘llab-quvvatlash orqali har kuni Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan jangarilarni bombardimon qilmoqda.

«Biz qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin shu oyning oxiriga qadar o‘z kuzatuv postlarimizni Suriya hukumat kuchlaridan ozod qilishni rejalashtirmoqdamiz», – dedi Erdo‘g‘an deputatlarga qilgan nutqida.

Avvalroq, 5 fevral kuni Erdo‘g‘an hukumat kuchlari fevral oyining oxirigacha Turkiyaning kuzatuv postlaridan chekinishi kerakligi, aks holda Turkiya ularni orqaga qaytarishini aytgan edi.

Turkiya Rossiya va Eron bilan 2017 yil kelishuviga binoan Idlibda «urushdan holi hudud» atrofida o‘zining 12 ta kuzatuv punktlarini joylashtirgan.

Manba: tarjumon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!