Erdog‘an Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirdi. Unga tahdid qilishmoqda

Erdog‘an Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirdi. Unga tahdid qilishmoqda

Gresiya hukumatining rasmiy vakili Stelios Pesas, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘anning Istanbuldagi Avliyo Sofiya soborini (Ayo-Sofiya) muzeydan masjidga aylantirish to‘g‘risidagi qarorini tarixiy xato deb baholadi va shuningdek, Gresiya xalqaro tashkilotlar va Yevropa Ittifoqi tomonidan Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritishga harakat qilishini aytdi.

"Erdog‘an tarixiy xatoga yo‘l qo‘ydi. Umid qilamanki, bu amalga oshmaydi", – dedi Pesas shanba kuni Skai televizion kanalida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Erdog‘anning qarori unga muammolar yaratadi.

"Gresiya bu xatti-harakatlarni qoralaydi va Turkiya uchun oqibatlari yomon bo‘lishi uchun hamma narsani qiladi. Nafaqat Yevropa, balki YUNESKO kabi xalqaro tashkilotlar ham sanksiyalar kiritishi mumkin", – dedi hukumat vakili.

"Biz biron-bir shaklda sanksiyalarni qo‘llashimizga shubha yo‘q", deb ta’kidladi Pesas, bu masala Yevropa Ittifoqining bo‘lajak sammitida ko‘tarilishini tushuntirdi. "Xalqaro qonunlarni buzgan har bir kishi uning buzilishi uchun og‘riqli sanksiyalar borligini tushunishi kerak",–  dedi vazirlar mahkamasi vakili.

Bosh vazir Kriakos Misotakis, juma kuni Ayo-Sofiyani masjidga aylantirish haqidagi Turkiyaning qarorini keskin qoraladi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu harakat nafaqat Turkiyaning Gresiya bilan munosabatlariga, balki uning Yevropa Ittifoqi, YUNESKO va umuman dunyo hamjamiyati bilan munosabatlariga ta’sir qiladi. Gresiya Prezidenti Yekaterina Sakellaropulu Pravoslaviya va butun xristian olamining ramzi bo‘lgan Ayo-Sofiyani masjidga aylantirish to‘g‘risidagi qaror tarixiy xotiraga tahdid soladi va dinlar o‘rtasidagi muloqot qadriyatlariga putur yetkazadi, deb ta’kidladi. Gresiya tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias soborni masjidga aylantirish qarorini provokasiya deb atadi. O‘z navbatida Gresiya Madaniyat va sport ishlari vaziri Lina Mendoni Turkiyaning ushbu qarori butun sivilizasiyalashgan dunyo uchun jiddiy sinov ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, Prezident Erdog‘an "Turkiyani madaniy izolyasiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi".

Turkiya qarori

Turkiya prezidenti Toyyib Erdog‘an juma kuni Ayo-Sofiyada musulmonlarga ibodat qilishga ruxsat beruvchi farmonga imzo chekdi. Turkiya rahbarining Tvitter sahifasida e’lon qilgan hujjatda aytilishicha, "Ayo-Sofiya masjidi ibodat uchun ochilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi".
Bunga qadar, juma kuni Turkiya Davlat Kengashi Ayasofiyaga muzey maqomini berish to‘g‘risidagi hukumatning 1934 yildagi qarorini bekor qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!