BMT Bosh kotibining mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi

BMT Bosh kotibining mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tashrif doirasida Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazildi.

Xususan, O‘zbekistonning BMT va uning institutlari bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari, shuningdek, global siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi. Mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida BMT Bosh kotibi qator sanoat va ijtimoiy soha ob’ektlarini ham borib ko‘rdi. Ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o‘tkazdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!