Portugaliyalik futbol agenti Ronalduning asosiy tarkibda maydonga tushishini xato deb hisoblamoqda

Portugaliyalik futbol agenti Ronalduning asosiy tarkibda maydonga tushishini xato deb hisoblamoqda

Futbol agenti Paulu Barboza Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak emas deb hisoblaydi.

Agent Portugaliyaning Yevro—2024 guruh bosqichida Gruziyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘yin natijasi Martines jamoasi uchun ogohlantirish qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi, deb o‘ylayman. Har doim o‘z darajangizni saqlashingiz kerak. Tarkibga hozirgi kunda eng kuchlilarni qo‘yish lozim.

Nega Gruziyaga qarshi o‘yinda Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushdi? To‘g‘risini aytsam, javobim ham bor. U qanaqadir navbatdagi rekordini qayd etishi kerak. Natijada esa badalini biz to‘ladik.

Krishtianuning o‘rniga Gonsalu Ramush tushishi kerak edi. Ko‘pchilik Ronalduning Turkiyaga qarshi o‘yindagi harakatlariga aldanib qoldi.

Nega u golli uzatmani amalga oshirdi? Hammasi oddiy, u shunchaki Yevropa Chempionatlarida assistlar bo‘yicha rekordni ham o‘rnatmoqchi edi. Sabab shu. Ronaldu o‘z maqsadiga erishdi.

Martines — vaziyat qurboni. U Ronaldu bilan nizoga borishni xohlamaydi. Shuning uchun murabbiy hammaga Krish maydonda bo‘lishini uqtirmoqda. Menimcha, bu xato! Bu juda ham yomon”, — deydi Barboza.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!