Toshkentdagi ko‘chalarning birida noma’lum erkakning jasadi tan jarohatlari bilan topildi

Toshkentdagi ko‘chalarning birida noma’lum erkakning jasadi tan jarohatlari bilan topildi

Joriy yil 1 iyul kuni soat 06:03 atrofida Toshkent shahar Bektemir tumani Bektemir mahallasi Oltintopgan ko‘chasida gazon ustida noma’lum erkak kishining jasadi qonga belangan holda yotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda UzNews.uz Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov'ga tanib, xabar berdi.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida voqea sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi va tuman rahbarlari yetib bordi. Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur jasad Samarqand viloyatida yashovchi S.A. ekanligi aniqlandi.

SMEning dastlabki xulosasiga ko‘ra, murdaning ikkala qo‘lining bilak qismlarida, bo‘yin qismida hamda chap oyog‘i son qismida kesilgan jarohatlari aniqlanib, ushbu tan-jarohatlarni o‘ziga-o‘zi yetkazgan bo‘lishi mumkinligi ehtimoldan holi emasligi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilgan.

Voqea joyida olib borilgan surishtiruv ishlari davomida jasad yotgan joydan 1 dona lezviye qon dog‘lari bilan topilib, rasmiylashtirib olingan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat bo‘yicha voqea sodir etilgan joy va atrofdagi video kuzatuv moslamalari o‘rganilib chiqildi. O‘rganish davomida 2001 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan oq rangli Nexia haydovchisi R.A. bilan suhbat olib borildi.

U bilan olib borilgan suhbat davomida R.A. haqiqatdan ham marhum A.S. spirtli ichimlik iste’mol qilganini ma’lum qildi hamda marhum o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganini aytganligi, so‘ng o‘ziga-o‘zi lezviyeda tan jarohati yetkazgani va avtomashina qon bo‘lganligi sababli tushirib yuborganligini ma’lum qildi.

Marhum S.A. to‘g‘risida uning yaqin aloqalari, yashash manzili va faoliyat turini aniqlash maqsadida tezkor surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!