Noqonuniy tovarlar fosh etildi

Noqonuniy tovarlar fosh etildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan hujjatlarda qayd etilmagan tovarlarni respublikamiz hududiga olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh qilindi.

Jumladan, yurtimizdagi tadbirkorlik sub’ektlaridan birining nomiga keltirilgan konteynerdagi qurilish mollari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida tovarlar orasida yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida umuman qayd etilmagan 1400 dona silliqlash uskunasi – bolgarkalar borligi aniqlandi.

Faqatgina shu emas. Qiymati salkam 500 million so‘mni tashkil qiluvchi mazkur uskunalarning qadog‘ida ishlab chiqaruvchiga doir bironta ham ma’lumot yo‘q. Shuningdek, quti ichida texnikadan xavfsiz foydalanishga qaratilgan yo‘riqnomalar ham mavjud emas.

Mazkur post xodimlari tomonidan aniqlangan yana bir holatda esa yog‘och mahsulotlarini qayta ishlashda qo‘llaniladigan 27 tonnadan ziyod 2 turdagi kimyoviy moddalar yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagani fosh qilindi. 1080 ta qopdan iborat mazkur tovarlarning umumiy qiymati esa salkam 722 million so‘mni tashkil qilmoqda. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!