Fuzuliyning asarlari o‘zbek tilida nashr etildi

Fuzuliyning asarlari o‘zbek tilida nashr etildi

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi tashabbusi bilan buyuk ozarbayjon adibi Muhammad Fuzuliyning asarlari O‘zbekistonda nashrga tayyorlandi. Ikki jildlik “Kulliyot”ning birinchi kitobidan g‘azallar, ikkinchi jilddan boshqa she’rlar o‘rin olgan. Loyiha Fuzuliy tavalludining 530 yilligiga bag‘ishlandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ijodkorning kitobi yurtimizda ilk bor 1959 yil kirill alifbosida ikki jildda chop etilgan. Keyin ham shoir asarlari turli mualliflar tomonidan bir necha bor nashrga tayyorlandi, ammo avvalgi sa’y-harakatlar adib ijodini to‘liq qamrab ololmagan.

Bu gal tashkilotchilar turli davrlarda o‘zbek va ozarbayjon tillarida bosilgan asarlari, “Devon”i qo‘lyozma nusxalaridan foydalangan holda Muhammad Fuzuliy ijodini keng yoritishga muvaffaq bo‘lishdi. Shuningdek, oldingi xatolar bartaraf etildi, izoh, mulohazalar qo‘shildi. Kitob so‘ngiga mo‘’jaz lug‘at qo‘shimcha qilingan.

Mazkur nashr taqdimoti Toshkentda o‘tkazilgan “Ozarbayjon madaniyati kunlari” doirasida o‘tkazildi. Yaqin kunlarda markaz tomonidan bir necha oliy o‘quv yurtida taqdimot o‘tkazish, shuningdek kitobni O‘zbekistonning yetakchi universitetlari, kutubxonalariga tarqatish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!