Husiylar boshqaruvchisiz qayiq bilan yunon kemasiga hujum qildi

Husiylar boshqaruvchisiz qayiq bilan yunon kemasiga hujum qildi

Husiylar harakati Qizil dengizda o‘zlarining masofadan boshqariluvchi qayig‘i bilan Isroilga yo‘l olgan Gresiyaning Transworld Navigator savdo kemasiga hujumi tasvirlarni namoyish etdi.

Hujum qarshilik harakatining 150 kg o‘q-dorilar bilan jihozlangan Toofan boshqaruvchisiz kamikadze qayig‘i orqali amalga oshirilgan. Isroilning ta’kidlashicha, bunday dronlar Yaman raketalariga qaraganda bir necha barobar xavflidir.

Qo‘shma Shtatlar va G‘arb tomonidan Qizil dengizni himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar natija bermayapti va Husiylar Isroilga yo‘l olgan kemalarga hujum qilishda davom etmoqda.

Ishg‘olchi davlat tarafdorlari ko‘plab yirik kompaniyalar eng qulay va eng qisqa yo‘ldan suzib o‘tishdan bosh tortganini aytib, AQSh va G‘arbni dengiz xavfsizligini ta’minlashga qodir emaslikda ayblayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!