Bu kunlarda kuchli issiq bo‘lishi kutilmaydi — O‘zgidromet

Bu kunlarda kuchli issiq bo‘lishi kutilmaydi — O‘zgidromet

O‘tgan dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha boshlangan haroratning pasayishi ushbu hafta boshida ham davom etadi.

Dushanba va seshanba kunlari Volga bo‘yi hududlaridan kirib kelgan salqin havo oqimi harorat fonini +30...+33 darajagacha, janubda +35...+38 darajagacha pasaytiradi.

Keyinchalik ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududidan salqin havo chekinadi, ammo bu kunlarda kuchli issiq bo‘lishi kutilmaydi. Respublikaning ko‘pchilik hududlarida havo harorati kunduz kunlari +35...+38 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +39...+41 darajagacha bo‘ladi.

1-5 iyul kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz
ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 1-2 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

1 iyulda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!