AQSh Finlyandiyada o‘z harbiy ishtirokini kengaytiradi

AQSh Finlyandiyada o‘z harbiy ishtirokini kengaytiradi

Finlyandiya parlamenti Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan mudofaa sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi, bu esa AQShning Yevropa davlatidagi 15 ta harbiy ob’ektga kirishini ko‘zda tutadi.

Parlamentning tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Kimmo Kilyunenning aytishicha, kelishuv Finlyandiya tashqi siyosati va xavfsizligiga kengroq ta’sir ko‘rsatadi.

«AQSh bilan kelishuv dastlab Finlyandiyaning NATO mudofaa ittifoqiga kirishi bilan bir xil asosda tayyorlangan. Bu Finlyandiya va Finlar xavfsizligini mustahkamlash maqsadida qilingan», — dedi parlament qo‘mitasi vakili.

❕ Mudofaa bo‘yicha kelishuv Amerika qo‘shinlarining Finlyandiya bo‘ylab harakatlanishi, shuningdek, mamlakatdagi 15 ta harbiy ob’ektga, jumladan, harbiy bazalarga kirish imkoniyatini nazarda tutadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!