1 sentyabrdan talabalar, magistrlar va doktorantlar uchun stipendiyalar oshiriladi

1 sentyabrdan talabalar, magistrlar va doktorantlar uchun stipendiyalar oshiriladi

Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun stipendiyalarni oshirish to‘g‘risidagi Hukumat qarorini imzoladi.

Hukumat matbuot xizmatining xabar berishicha, kollej o‘quvchilari uchun stipendiyalar 50 foizga oshirilib, ishchilar uchun 43 574 tenge, o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari uchun 41 896 tengeni tashkil etadi.

Bakalavriat talabalari uchun stipendiyalar 20 foizga oshirilib, 47 135 tengega, pedagogika va tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun stipendiyalar 75 600 tengegacha ko‘tariladi.

Amaliyotda tahsil olayotganlarga 85 376 tenge, rezidenturada esa 123 122 tenge miqdorida stipendiya to‘lanadi.

Magistrant va doktorantlar uchun stipendiya 15 foizga oshirilib, uning miqdori mos ravishda 107 061 tenge va 240 000 tengeni tashkil etadi.

Shuningdek, 2025 yil 1 sentyabrdan bakalavriat talabalari uchun stipendiyalar 20 foizga, magistrant va doktorantlar uchun 15 foizga oshiriladi.

Umuman, Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan 2020 yildan boshlab stipendiyalarni oshirish bo‘yicha rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada 2025 yilga borib oliy o‘quv yurtlari va kollej talabalari uchun stipendiyalar ikki baravar, magistratura va doktorantlar uchun 1,75 baravar oshiriladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!